Fransiyada Parij Olimpiadasida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan 16 yoshli o‘smir qo‘lga olindi.
BFMTV xabariga ko‘ra, Parij aksilterror prokuraturasi 23-aprel kuni tergov boshlagan. Bunga qadar yigit o‘zining rejasi haqida ijtimoiy tarmoqda ma’lum qilgan.
16 yoshli o‘smir Fransiya fuqarosi ekanligi aniqlangan. Tintuv jarayonida turli qo‘lyozma materiallar, jumladan ISHIDga sodiqlik qasamyodi ham topilgan.
Tergovga yaqin manbaning xabar berishicha, yigit politsiyaga o‘zining terakt rejasini Olimpiadasi vaqtida La-Defansda (Parij chekkasi) amalga oshirishni reja qilganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, Parij Olimpiadasi 26-iyuldan 11-avgustga qadar bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Olimpiadaga xavf tug‘diradigan voqealar bo‘lsa, ochilish marosimini Sena daryosidan boshqa joyga ko‘chirishga ruxsat bergandi.
ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)