• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo Tojikiston

    Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Muhammadsobir Fayzovning qarindoshlari o‘z haqiqatlari bilan bo‘lishdi

    Moskva viloyatidagi Crocus City Hall’dagi teraktda gumon qilinayotgan Tojikiston fuqarolaridan biri Muhammadsobir Fayzov bir oydan keyin 20 yoshga to‘ladi. U oilasida 5 o‘g‘ilning kenjasi bo‘lib, akasi Naimjondan tashqari akalari va otasi kabi Rossiyada ishlagan.

    Muhammadsobirning qarindoshlari, qo‘shnilari va mahalliy imomning so‘zlariga ko‘ra, u dindor yigit bo‘lmagan, yaxshi tarbiya topgan. AsiaPlus nashri teraktda ayblanayotgan yigitning yaqinlari bilan suhbatlashdi.

    Kollaj: “Daryo”

    “Men nima qildim?”

    Muhammadsobir hibsga olinishidan oldin Rossiyaning Ivanovo shahridagi salonlardan birida sartarosh bo‘lib ishlagan. Ayrim mijozlar bu sartaroshxonaga faqat uning xizmatlari uchun kelgan.

    U 23-mart kuni 140 dan ortiq odamning o‘limi va yuzlab odamlarning jarohatlanishiga sabab bo‘lgan Crocus teraktida gumon qilingan yana uch tojikistonlik bilan birga hibsga olingan. Uni Basmanniy sud zaliga nogironlar aravachasida yuzi ko‘kargan va kaltaklangan holda olib kelishgan.

     

    Rossiya huquq-tartibot idoralari vakillariga ko‘ra, Muhammadsobir qo‘lga olish amaliyoti chog‘ida go‘yoki qarshilik ko‘rsatgan va shu sababli bir ko‘zi jiddiy shikastlangan. U so‘roq paytida tarjimon yordami bilan tergovchining birinchi savoliga: “Men nima qildim?”, deya javob bergan. 

    Qarindoshlari, qo‘ni-qo‘shnilari, o‘qituvchilari Muhammadsobir terakt uyushtirib, o‘nlab odamlarni o‘ldirganiga ishonmaydi.

    Onasi jurnalistlar bilan gaplashishni istamaydi

    7-aprel oqshomida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati teraktda gumonlanayotganlarni so‘roq qilayotgani aks etgan videoni ko‘rsatdi. Unda ayblanuvchilar koordinatorlari Sayfullo ismli shaxs bo‘lgani, bu ish uchun ularga 1 million rubl va’da qilinganini aytdi.

    Foto: Fayozovlar xonadoning darvozasi / AsiaPlus

    Tojikiston hukumati 8-aprel kuni ertalab Muhammadsobirning onasi Sayram Fayzovani so‘roqqa chaqirib, tushdan keyin qo‘yib yubordi. Onaning so‘roq qilinishi uning o‘g‘li gapirgani aks etgan videoga bog‘liqmi yoki yo‘qligi noma’lum.  Biroq so‘roqdan so‘ng Sayram Fayzova jurnalistlar bilan gaplashishdan bosh tortgan va ularning ko‘z o‘ngida eshikni yopgan. Ayol hatto uyini suratga olishga ham ruxsat bermagan.

    Muhammadsobirning akasi Naimjon qisqagina qilib , “Biz hamma narsani qonun doirasida aytdik. Hammasi aniq, boshqa hech narsa deya olmaymiz”, degan.

    “U hammasi aniq deganda nimani nazarda tutgani tushunarsiz. Shu bilan birga u faqat kutyapmiz, duo qilaylik, nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi, deb takrorlagan”, — deydi AsiaPlus nashri.

    Naimjonning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar Fayzovlar oilasi aʼzolaridan hech birini hibsga olmagan.

    Rossiyaga borish maqsadi

    Maktabni tugatgandan so‘ng Muhammadsobir uyda sartarosh bo‘lib ishlagan va akalari Rossiyada qo‘nim topishganidan keyin taxminan 2022-yil — u Ivanovoga ishlash uchun ketgan.

    U yaxshi va aqlli bola edi, “yo‘q” degan so‘zni bilmasdi, maktabda yaxshi o‘qidi, o‘qituvchilar uning ustidan shikoyat qilishmagan, — deydi Muhammadsobirning buvisi 76 yoshli Tojiniso Fayzova. 

    Ayblanuvchining onasi 26-mart kuni Ozodlik radiosiga bergan intervyusida o‘g‘li va boshqa oila a’zolari oilaning iqtisodiy muammolarini hal qilmoqchi bo‘lib, Rossiyaga jo‘nab ketganini aytgan.

    Bir hovlida to‘rt oila yashaymiz. Men va uch nafar kelinim. Ular yer sotib olmoqchi edilar. Muhammadsobirning akalaridan birining o‘g‘li Xitoyda o‘qiydi. Muhammadsobir ham u yerga o‘qishga boraman, dedi. Otasi unga pul yig‘ishi kerakligi, bu uning o‘qishini davom ettirishiga yordam berishini aytdi. U haqiqatan ham chet tilini o‘rganishni xohlardi. Hech qanday nazoratda bo‘lmagan. Topgan pullarini otasiga jo‘natib turgan. So‘nggi ikki-uch hafta ichida unga nima bo‘lganini bilmayman. Otasining ruxsatisiz telefon ham sotib olmagan, — deydi Muhammadsobirning onasi.

    Foto: Muhammadsobir o‘sib-ulg‘aygan ko‘cha / AsiaPlus

    Muhammadsobir maoshidan norozi bo‘lgan

    Ivanovo viloyatidagi My Style sartaroshxonasida Muhammadsobirga ish bergan shaxsning so‘zlariga ko‘ra, uning ishida kamchilik bo‘lmagan. 

    Muhammadsobir Fayzov o‘z ishining ustasi edi, ko‘plab mijozlar aynan u uchun keladi, ishdan ketganida mijozlar ham kelmay qo‘ydi, — deydi u.

    Biroq onasining so‘zlariga ko‘ra, “o‘g‘li maoshidan unchalik mamnun emasdi, kamligini aytardi. U sartaroshlikdan ketib, Peterburgda meva sotishini aytgan”.

    Sayram Fayzova har kuni ertalab va kechqurun Muhammadsobir bilan telefon orqali muloqot qilgan, teraktdan bir kun oldin gaplashganida o‘g‘li “hammasi yaxshi”ligini aytgan. Fayzovlar oilasining qo‘shnilari Muhammadsobirni bosiq, xushmuomala, yigit sifatida ta’riflab, ziyoli oilada ulg‘aygani uchun bunday ishga qo‘l urishiga ishonmasliklarini bildirdi.

    Qo‘shnilaridan 73 yoshli Mamlakat Sobirovaning aytishicha, Muhammadsobir farzandlari bilan birga katta bo‘lgan.

    “Ko‘z o‘ngimda ulg‘aygan, bolalarim bilan o‘ynagan. Biror narsa so‘rashsa, yugurib kelib yordam berardi. Biz bilan do‘konga borgan, bozorlikni uygacha ko‘tarib kelgan. Uning ota-onasi ham yaxshi insonlar. Voqea sodir bo‘lganidan xabar topgach, oila a’zolarining qayg‘usiga sherik bo‘ldik. U bu ishni qilganiga ishonmayman”, — ta’kidlaydi u.

    Fayzovlar uyi yonida joylashgan do‘konlardan birining sotuvchisi Zulayho Tolibova ham Muhammadsobir xushmuomala, odobli, kattalarni hurmat qiladigan yigit bo‘lganini aytdi.

    Shaxsan men uning shunday ish qilganiga ishonmayman. Oilasida hech kim boshqalar bilan yomon munosabatda bo‘lmagan, qo‘shnilariga yomonlik qilmagan, — deydi u.

    Sarikishti mahallasidagi “Amir Hamza” jome masjidi imom-xatibi Saidrahmon Habibovning “Asia-Plus”ga ma’lum qilishicha, Muhammadsobir ba’zan masjidga har hafta isiriq, tasbeh va boshqa narsalarni sotgan akasiga yordam berish uchungina kelgan.

    Foto: AsiaPlus
    “Ularning otasi va aka-ukalari namoz o‘qish uchun masjidga kelgan, lekin men bu bolani namoz vaqti ko‘rmaganman. Ular yaxshi odamlar. Bolalarning aksariyati oliy o‘quv yurtlarini bitirgan. Bu yigit shunday ish qilganiga ishonmayman. Ularning oilasi dindor emas, faqat namoz o‘qiydi”, — dedi Habibov.
    Foto: Saidrahmon Habibov / AsiaPlus

    Ziyoli oilada ulg‘aygan

    Otasi o‘qituvchi, onasi kutubxonachi bo‘lgan. Muhammadsobir Rudakiy tumanidagi 74-maktabni tamomlagan. Otasi va onasi uzoq yillar shu maktabda ishlagan. Onasi avval o‘qituvchi, keyin esa maktab kutubxonachisi sifatida faoliyat yuritgan. Otasi esa rus tili o‘qituvchisi bo‘lgan.

    Muhammadsobirga dars bergan maktab o‘qituvchilarining “Asia-Plus”ga aytishicha, u yaxshi o‘qigan, jamoat ishlarida faol qatnashgan. Crocus’dagi terakt payti aks etgan videoni ko‘rgan maktab mudiri Abdulaziz Abdusamadov ularning sobiq bitiruvchisi bunday narsaga qodirligiga ishonmasligi, chunki u ziyolilar oilasida tug‘ilgani, tarbiyali bo‘lganini aytdi.

    Foto: Abdulaziz Abdusamadov / AsiaPlus
    “Shaxsan men uning ekstremistik guruhlarga qo‘shilganiga ishonmayman. O‘qish davrida diniy ta’lim olmagan, namozga ham bormagan, onasi uni doim nazorat qilib, barcha ota-onalar yig‘ilishlarida qatnashgan”, — deb tushuntirdi u.

    Abdusamadovning so‘zlariga ko‘ra, Muhammadsobir aniq fanlarga ko‘proq qiziqqan va hatto Tibbiyot universitetiga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan, ammo bilimi yetarli bo‘lmagan.

    Crocus’dagi terakt 22-mart kuni sodir bo‘lgan. “Piknik” guruhi konserti boshlanishidan biroz oldin avtomatik qurol bilan qurollangan to‘rt kishi konsert zaliga bostirib kirgan. Avvaliga odamlarga qarata o‘q uzishgan, keyin esa binoni ichkaridan yoqib yuborishgan. Hujum oqibatida 140 dan ortiq odam halok bo‘lgan, bir necha yuz kishi turli tan jarohat va talafotlar olgan. Teraktga aloqadorlikda ayblanib, bir necha Tojikiston fuqarosi qo‘lga olingan. ISHIDning Xuroson bo‘limi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. Biroq Rossiya maxsus xizmatlari Ukrainani hujumga aloqadorlikda ayblagan. Rasman Ukraina teraktga aloqadorligini rad etadi.

    ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

    18.04.2024, 11:55   Izoh (0)   58013
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Putin Tojikiston prezidenti bilan teraktni muhokama qildi

    24.03.2024, 17:40

    “O‘g‘lim — yaxshi odam”. Teraktda gumonlanayotgan Alisher Qosimovning onasi o‘g‘lining aybdorligiga ishonmasligini aytdi

    26.03.2024, 16:02

    Tojikistonda Crocus’dagi terakt ishtirokchilari bilan aloqadorlikda ayblanib, 9 kishi ushlandi

    29.03.2024, 16:43

    Tojikiston muftiysi migrantlarga murojaat qildi 

    31.03.2024, 23:55

    Moskvada Crocus terakti bo‘yicha yana bir tojikistonlik hibsga olindi

    02.04.2024, 09:17

    Crocus’dagi teraktdan keyin hibsga olingan chechenistonlik politsiya bo‘limida vafot etdi

    02.04.2024, 10:11

    AQSH Rossiyani aynan Crocus’da terakt bo‘lishidan ogohlantirgan — WP

    03.04.2024, 10:05

    Patriarx Kirill tojikistonliklarga murojaat qildi

    13.04.2024, 10:28

    Crocus terakti bo‘yicha ayblanayotgan ikki tojikistonlik hibsga olinishi yuzasidan shikoyat qildi 

    16.04.2024, 16:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda uch yoshli bola kombayn ichiga tushib ketdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:20

    Yuridik universitet qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:10

    Siydik rangi organizmda kechayotgan o‘zgarish va kasalliklardan xabar beradi

    Salomatlik | 19 iyun, 00:00

    Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:50

    Andijon va Xorazmdagi noqonuniy hujralarda tahsil olayotgan bolalarga jarohat yetkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:30

    “Texnologiya olib kelib, jahon bozoriga sarxil va quritilgan mevalarni eksport qilish salohiyatimiz bor” — prezident

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:28

    Tramp AQSHni Yaqin Sharqdagi yangi mojaroga tortishni istamasligini ta’kidladi

    Dunyo | 18 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Vidad”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 iyun, 23:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.