• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda?

    Joriy yilning 22-aprel kunidan boshlab Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri, hozirda tashqi ishlar vaziri sifatida faoliyat yurituvchi Devid Kemeron o‘zining Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab safarini boshladi. Britaniya Tashqi ishlar vaziri dastlab Tojikiston hamda Qirg‘iziston rahbarlari bilan uchrashdi. 23-aprel kuni esa Toshkentga keldi.

    Tojikiston va Qirg‘izistondan farqli o‘laroq Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri bilan davlat rahbari emas, balki O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov muzokara olib bordi. Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik, taʼlim, iqlim o‘zgarishi, ikki tomonlama savdo hamda biznes aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etilgan.

    Britaniya hukumati yuqori martabali mulozimining mintaqaga tashrifi Rossiya Ukrainaga ochgan urush hanuz davom etayotgan va o‘zining uchinchi yiliga kirib borayotgan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. Bu ko‘plab savollarni paydo qildi.

    “Daryo” ushbu mavzu doirasida siyosatshunos Suhrob Bo‘ronov va siyosiy tahlilchi, “Bilim karvoni” nodavlat ilmiy muassasasi eksperti Nargiza Umarova bilan suhbatlashdi.

    First stop on my visit to Central Asia: Tajikistan, a key player on regional security energy and climate.

    Great to see the Nurek Hydro-Electric project, the second tallest dam in the world – a testament to the region’s potential to power a greener future.

    Ташаккур Тоҷикистон! pic.twitter.com/nfQmrIpaZJ

    — David Cameron (@David_Cameron) April 22, 2024

    Suhrob Bo‘ronov Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirining video murojaatiga eʼtibor qaratib, Britaniyaning mintaqadagi qiziqishlarini taxmin qildi.

    Devid Kemeronning videodagi fikrlari diqqat bilan ko‘rilsa, Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyodagi qiziqishlarini quyidagicha tahlil etish mumkin:

    Birinchidan, geosiyosiy manfaatlar. Ushbu manfaatlarni Kemeron Markaziy Osiyoning Rossiya, Xitoy, Afg‘oniston va Eron o‘rtasida joylashgani va mintaqa davlatlarining maʼlum tanlov oldida turgani bilan izohlayapti.

    Ikkichidan, iqtisodiy qiziqishlar. Yuqoridagi videoda Kemeron Tojikistondagi yirik loyihalardan biri Nurek gidroelektr stansiya loyihasi bilan tanishmoqda. Demak, Buyuk Britaniya Markaziy Osiyo davlatlaridagi yirik loyihalarga sarmoya kiritishni maqsad qilgan bo‘lishi mumkin.

    Uchinchidan, milliy-mintaqaviy xavfsizlik bilan bog‘liq manfaatlar, — deydi siyosatshunos Suhrob Bo‘ronov.

    Siyosatshunos Suhrob Bo‘ronov
    Foto: “Daryo”

    Siyosiy tahlilchi, “Bilim karvoni” nodavlat ilmiy muassasasi eksperti Nargiza Umarova Buyuk Britaniya tashqari ishlar vazirining Markaziy Osiyoga kelishi, mintaqa uchun va jahon hamjamiyati uchun jiddiy signal ekanligini taʼkidladi.

    — Devid Kemeronning mintaqaga tashrifi Markaziy Osiyo uchun va jahon hamjamiyati uchun jiddiy signal hisoblanadi. So‘nggi vaqtlarda G‘arb dunyosi vakillari o‘zining Markaziy Osiyodagi siyosatini faollashtirdi. Masalan, buni yirik siyosatchilarning mintaqaga tashrifi va Markaziy Osiyo mamlakatlarining rahbarlarini xorijga tashriflari misolida ko‘rish mumkin. Xo‘sh, nega bunday bo‘lmoqda? Chunki Yevrosiyoda bir necha yillardan beri davom etayotgan geosiyosiy inqiroz (Rossiya va Ukraina urushi) hali ham davom etmoqda.

    Bundan tashqari, Britaniya tashqi ishlar vazirining mintaqaga tashrifidan oldin Rossiya va Ukraina urushiga doir bir muhim voqealik yuz berdi. Bundan oldin mutaxassislar AQSH tomonidan Ukrainaga yordam kechiktirilishini bashorat qilgan edi. Ammo kuni kecha Amerika Kongressi Ukrainaga yirik moliyaviy yordam berishni tasdiqladi. Bu Yevrosiyodagi geosiyosiy xaus yana uzoq muddatga cho‘zilishidan darak beradi — deydi siyosiy tahlilchi, “Bilim karvoni” nodavlat ilmiy muassasasi eksperti Nargiza Umarova. 

    U so‘zida davom etib, G‘arbning maqsadi – Markaziy Osiyoda Rossiya va Xitoyning taʼsirini tiyib turish ekanligini ta’kidladi.

    — G‘arb o‘z strategiyasida har doim Markaziy Osiyoni o‘zining ikkita yirik raqiblari Xitoy va Rossiyadan muhofazalashini yashirmagan. Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligining relizlaridan ham bu narsa o‘z tasdig‘ini topgan edi. Kemeronning o‘zi ham “Dunyodagi geosiyosiy vaziyat tarang bo‘lgan bir holatda biz qo‘l qovushtirib, kabinetda o‘tira olmaymiz va manfaatlarimizni himoya qilamiz kerak”, deb aytgan edi.

    Siyosiy tahlilchi, “Bilim karvoni” nodavlat ilmiy muassasasi eksperti Nargiza Umarova
    Foto: “Daryo”

    2023-yilning dekabr oyida Buyuk Britaniya parlamenti quyi palatasining xalqaro munosabatlar qo‘mitasi tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlariga bag‘ishlangan jiddiy maʼruza taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Bu maʼruzadan keyin “geosiyosiy keskinlik avj olgan bir pallada Buyuk Britaniya Markaziy Osiyo bo‘yicha o‘z strategiyasiga ega bo‘lishi kerak”, degan xulosaga kelinadi. Bu juda ham katta gap. Chunki mana shundan keyin Buyuk Britaniya + C5 formatida uchrashuv o‘tkazilishi maʼlum qilindi. Lekin bu sammitning vaqti aniq emas. Ammo bu Buyuk Britaniyaning mintaqaga eʼtibori kuchayganidan dalolat beradi. Bu Markaziy Osiyo davlatlari uchun o‘ziga xos imkoniyat. Sababi Devid Kemeron shunchaki quruq qo‘l bilan kelgani yo‘q. U yirik tashabbuslar bilan, ayniqsa, mintaqa mamlakatlari kutayotgan tashabbuslar bilan ham keldi.

    G‘arbning maqsadi — Markaziy Osiyoda Rossiya va Xitoyning taʼsirini tiyib turish hisoblanadi. Ularning maqsadi rossiyalik ekspertlar aytganidek Markaziy Osiyo mamlakatlarini Rossiyadan butunlay uzish emas, balki Xitoy va Rossiyaning mintaqada yuqorilab borayotgan taʼsirini tiyish. Bu muhim nuqta!, — dedi Nargiza Umarova.

    Ma’lumot o‘rnida, 23-aprel kuni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Buyuk Britaniya tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha davlat kotibi Devid Kemeronni qabul qildi. Shundan so‘ng britaniyalik mulozim O‘zbekistonga bir kunlik safarini yakunlab Qozog‘istonga jo‘nab ketdi. 24-aprel kuni Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan uchrashdi.

    Sardor Ali tayyorladi

    25.04.2024, 13:35   Izoh (0)   15399
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Devid Kemeronning Markaziy Osiyoga tashrifi nimadan dalolat beradi?

    22.04.2024, 13:11

    Britaniya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 

    22.04.2024, 14:18

    Tanzila Norboyeva Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

    23.04.2024, 21:55

    “Qozog‘istondan bizni yoki boshqa derjavani tanlashni so‘ramayapmiz” — Devid Kemeron

    25.04.2024, 11:45

    “Polsha Ukrainaga harbiy yoshdagi erkaklarni qaytarishga yordam beradi” — Polsha mudofaa vaziri

    25.04.2024, 11:05

    Rossiya va Ukraina ko‘chirilgan bolalar bo‘yicha birinchi muzokarani o‘tkazdi

    25.04.2024, 10:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Belarus prezidenti o‘z o‘g‘liga iqtidorli bolalar uchun mo‘ljallangan stipendiya tayinladi

    Dunyo | 18 iyul, 21:35

    Gollivud afsonalarining shuhrat qozonish imkoniyatini boy bergan farzandlari

    Layfstayl | 18 iyul, 21:20

    “Qilmishimdan pushaymonman”. Toshkentda Spark haydovchisi 5 kg narkotik bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 21:10

    Germaniyadan turli jinoyatlar uchun hukm qilingan yuzga yaqin afg‘onistonlik vataniga qaytarildi

    Dunyo | 18 iyul, 21:00

    Amerika kruiz laynerining 134 nafar yo‘lovchisida g‘alati virus aniqlandi

    Dunyo | 18 iyul, 20:45

    “Manchester Yunayted” “Brentford” bilan Brayan Mbeumoning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

    Sport | 18 iyul, 20:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.