Indoneziyaning Yava orolida Semeru vulqoni otilib, taxminan 15 km balandlikka kul otdi, deya xabar berdi Indoneziya Energetika va mineral resurslar vazirligining vulqon va geologik ofatlarni yumshatish markazi (PVMBG).
Sharqiy Yava provinsiyasidan odamlarni evakuatsiya qilish boshlandi. Vayronagarchilik va qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Vulqon munosabati bilan Yaponiya meteorologiya boshqarmasi Okinava janubiy prefekturasidagi Miyako va Yaeyama orollarini sunami xavfidan ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, Indoneziyadagi vulqon kuli janubga qarab ketmoqda. Issiq bulutlarning surilishi masofasi 5–7 km ga baholanmoqda
Tabiiy ofat avvaliga xavfning uchinchi darajasi sifatida belgilandi, keyinroq, PVMBG rahbari Xendra Gunavan bu maksimal, to‘rtinchi darajaga ko‘tarilganini ma’lum qildi.
Semeru Yavadagi eng baland vulqon — 3676 metr. Bir yil avval 5-dekabr kuni Semeru otilishi oqibatida 50 kishi halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)