NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Shimoliy Atlantika alyansi hozirda yadro quroli mavjud bo‘lmagan mamlakatlarga ularni joylashtirishni taklif qilmasligini aytdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak ham mavjud yadroviy qurollarni taqsimlash bo‘yicha kelishuvni kengaytirish rejalari yo‘qligini aytgan.
Avvalroq Polsha prezidenti Anjey Duda mamlakat hududiga AQSH yadro qurolini joylashtirishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.
Agar ittifoqchilarimiz NATOning qo‘shma yadroviy missiyalari doirasida hududimizda yadro qurolini joylashtirishga qaror qilsa, biz bunga tayyormiz, — degan Polsha rahbari.
Stoltenberg Dudaning mazkur qaroriga izoh bergan.
Duda bu masala Polsha va Qo‘shma Shtatlar tomonidan bir muncha vaqt muhokama qilinganini ta’kidlagan. U bu mavzuni allaqachon bir necha bor ko‘targanini aytgan.
Izoh (0)