Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik rahbari Rafael Grossi Xavfsizlik kengashi a’zolariga murojaat qilib, yadroviy halokat yaqin ekanligidan xavotir bildirdi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Grossi o‘z murojaatida Zaporojye atom elektr stansiyasining o‘qqa tutilishi haqida gapirgan. Bir hafta oldin stansiyaning olti yadroviy reaktoridan birining gumbaziga dron qulagan edi. Grossi hujumda Moskvani ham, Kiyevni ham ayblamagan, biroq bunday voqealar takrorlanmasligi kerakligini ta’kidlagan.
Biz yadroviy avariyaga xavfli darajada yaqinlashmoqdamiz. Beparvo bo‘lmasligimiz kerak. Bir yil avval mazkur palataning o‘zida o‘rnatilgan beshta tamoyillarga rioya qilishimiz zarur, — deydi Grossi.
AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson yopiq majlisda kongressmenlarga Ukraina, Isroil va Tayvanga yordam ko‘rsatish hamda AQSH milliy xavfsizligi masalalari bo‘yicha to‘rtta alohida qonun loyihasini taqdim etgan.
Respublikachilar har bir masala bo‘yicha alohida ovoz berishni talab qilishgan: ularning baʼzilari Ukrainaga har qanday moliyaviy yordam ko‘rsatishga qarshi, boshqalari Oq uydan AQSHning janubiy chegarasini noqonuniy muhojirlardan himoya qilish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rishni talab qilishgan.
Izoh (0)