Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik rahbari Rafael Grossi Eronning yadroviy bomba yaratishi haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligini aytdi. Bu haqda u Venada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Eron o‘zini qurollantirayotgani haqida hech qanday dalil yoki ishora yo‘q”, — dedi u.
Grossining qo‘shimcha qilishicha, Eron uranni 60 foizgacha boyitib, uning zaxirasini yaratadigan, lekin yadro quroliga ega bo‘lmagan yagona davlat.
“Bu juda yuqori daraja. Ular buni qilishga haqli. Shu bilan birga, tekshirish tizimi ham bo‘lishi kerak”, — deya tushuntirdi Grossi.
Fevral oyida agentlik Eronning uran zaxirasi kamaygani va u uchta atom bombasi ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan nazariy chegaradan pastga tushgani haqida xabar bergan edi.
Izoh (0)