“Barselona” o‘z futbolchisi Rafinyani APL klubiga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lmadi.
![](/static/2024/04/16/gettyimages-2148406224-1024x1024-2f3oriFT.jpg)
Diario Sport nashrining xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar Rafinya uchun ingliz klubidan 60 million yevrolik taklif olgan. Biroq, klub ushbu taklifni rad etgan.
Qayd etilishicha, “ko‘k-anorranglilar” braziliyalik futbolchini 80 million yevrodan kam narxga sotmoqchi emas.
Rafinya joriy mavsum La Ligada 23 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalidan o‘rin olgan “PSJ”ga qarshi o‘yinda esa dubl muallifiga aylandi.
Izoh (0)