Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo Kubogi musobaqasi start oldi.
Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan turnirdagi ishtirokini O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Malayziyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Uchrashuv oldidan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Musobaqa haqida:
Avvalambor, barcha jamoalarni musobaqa boshlanishi bilan tabriklayman. Turnirni o‘z uyida qabul qilayotgan Qatarga ham minnatdorchilik bildiraman. Barcha futbolchilarim sog‘-salomat, biz musobaqaga tayyormiz.
Tayyorgarlik haqida:
Ushbu musobaqaga uzoq muddat tayyorgarlik ko‘rdik. Oldimizga yuksak vazifa qo‘yilgan. Bu yo‘lda bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Buning uchun futbolchilarimizda iqtidor va mahorat yetarli.
Raqiblar va Malayziyaga qarshi o‘yin haqida:
Albatta, har bir jamoa turnirni yaxshi boshlab olishga harakat qiladi. Biz raqiblarimizni hurmat qilamiz. Osiyo Kubogida kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q. Biroq aytganimdek, bizda o‘z oldimizga qo‘yilgan vazifamiz bor.
Ilk o‘yindagi motivatsiya haqida:
Bu biz uchun birinchi musobaqa emas, bizda bu borada tajriba bor. Alohida motivatsiyaning keragi yo‘q.
Barcha jamoalarga omad tilayman.
Timur Kapadze, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi va Malayziya o‘rtasidagi uchrashuv 17-aprel kuni 18:00 da start oladi.
Izoh (0)