Toshkentning Bektemir, Mirobod hamda Olmazor tumanlarida 16-aprel kuni “svet” vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bunga isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish sabab bo‘ladi.
Shu bois ertaga quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Bektemir tumani: “Husayn Boyqaro” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Mirobod tumani: “Oq uy” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Olmazor tumani: “Ahil”, “Gulzor”, “Moyariq”, “Ibrohim ota” va “Miskin” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
“O‘z navbatida yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz”, – deyiladi xabarda.
Izoh (0)