Toshkentning Bektemir, Uchtepa va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida 2-aprel kuni “svet” vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/04/01/2024-04-01 21.06.15-9CEVAmUx.jpg)
Maʼlum qilinishicha, bunga isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlari sabab bo‘ladi.
Shu boisdan ertaga, 2-aprel kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chirildi:
- Bektemir tumani: “Abay” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Uchtepa tumani: “Zarafshon” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Mirzo Ulug‘bek tumani: “Alisherobod”, “Temuriylar” va “Ijodkor” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
“O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz”, – deyiladi xabarda.
Izoh (0)