“Tolibon” standartlari milliy boshqarmasi Hayraton portidan hajmi 120 ming litrga yaqin bo‘lgan ikkita neft vagonlarini O‘zbekistonga qaytarganini ma’lum qildi. Buning sababi sifatida neft sifati pastligi ko‘rsatilgan.
Shuningdek, Standartlar milliy boshqarmasi Shayx Abu Nasr Farahiy portidan Eronga yana 19 ta past sifatli neft tankerini qaytarib yuborgan.
Boshqarma yana bir bor afg‘on tadbirkorlaridan mamlakatga sifatsiz tovarlar olib kirilishining oldini olishni so‘ragan.
Joriy yilning yanvar oyida “Tolibon” Hayraton portidan 62 tonnadan ortiq sifatsiz neftni O‘zbekistonga qaytargani xabar qilingandi. Bunga javoban “O‘zbekneftgaz” raisi Bahodir Siddiqov mazkur xabar noto‘g‘ri talqin qilinganini, “Tolibon” sifatsiz deb qaytargan mahsulot aslida yuqori sifatli ekanini aytgan.
Izoh (0)