Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 31-turidan o‘rin olgan “Atletiko Madrid” va “Jirona” uchrashuvi bugun, 13-aprel sanasida bo‘lib o‘tdi.

Madridliklar o‘z uyida bo‘lgan uchrashuvda qiyin g‘alaba erishdi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida ishonchli harakat qilgan mehmonlar hisobni ochdi. Mehmonlar futbolchisi Dovbikning goliga Grizmann ikki gol bilan javob berdi. Uchrashuvning 34-daqiqasida hisobni tenglashtirgan Fransiya terma jamoasi hujumchisi 50-daqiqada yana bir bor gol urib jamoasini oldinga olib chiqdi. Uchrashuvdagi yakuniy gol “Atletiko” futbolchisi Korrea hisobiga yozildi.
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng Kataloniya klubi 65 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi. “Atletiko” ochkolarini 61 taga yetkazib, 4-o‘rinni egallab turibdi.
La Liga
31-tur
13-aprel, shanba
“Atletiko” — “Jirona” 3:1
Gollar: 0:1 — Dovbik (4), 1:1 — Grizman (34 penalti), 2;1 — (50), 3:1 — Korrea (45+6).
“Atletiko”: Oblak, Molina, Savich, Ermoso, Reynildu (Vitsel, 46), Rikelme (Lino, 68), Saul (Morata, 41), Koke, De Paul (Aspilikueta, 75), Korrea, Grizmann (Lorente, 68).
“Jirona”: Gassaniga, Yan Kouto, Erik Garsiya, Blind, David Lopes (Martines, 65), Migel Guterres, Aleish Garsiya, Errera (Portu, 65), Solis (Torre, 57), Dovbik (Stuani, 83), Savio (Fernandes, 83).
Ogohlantirishlar: Saul (25), Errera (32), Korrea (35), Yan Kouto (70), Lorente (90+2).
Izoh (0)