Futbol bo‘yicha Angliya Preymer Ligasining 33-turidan o‘rin olgan “Nyukasl Yunayted” va “Tottenhem” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 13-aprel sanasida bo‘lib o‘tdi.
O‘yinni Tim Robinson boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Unda mezbonlar 4:0 hisobida zafar quchdi.
Birinchi gol 30-daqiqada “Nyukasl” hujumchisi Aleksandr Isak tomonidan kiritildi. Oradan ikki daqiqa o‘tib Gordon mezbonlarning ustunligini oshirdi. 51-daqiqada Isak dubl qayd etib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. Futbolchining gol urishiga Bruno Gimaraysh yordam berdi. “Nyukasl” himoyachisi Fabian Sher hisobni 4:0ga yetkazdi va bu hisob o‘yin so‘nggigacha saqlanib qoldi.
“Nyukasl” Angliya chempionati turnir jadvalida 32 uchrashuvda 50 ochko jamg‘argan holda oltinchi o‘rinda bormoqda. “Tottenhem” shuncha uchrashuvlardan so‘ng 60 ochko bilan beshinchi o‘rinni egallab turibdi.
APL
33-tur bahsi
13-aprel, shanba
“Nyukasl” – “Tottenhem” 4:0
Gollar: 1:0 — Isak (30), 2:0 — Gordon (32), 3:0 —Isak (51), 4:0 — Sher (87).
“Nyukasl”: Dubravka, Sher (Dammett, 90+3), Kraft, Bern, Anderson (Richi, 90+2), Bruno Gimaraes (Uayt, 90+2), Longstaff, Merfi (Livramento, 77), Barns (Holl, 89), Gordon, Isak.
“Tottenhem”: Vikario, Porro (Emerson, 49), Romero, van de Ven, Udoji, Meddison (Lo Chelso, 81), Bentankur (Sarr, 57), Bissuma (Hyoyberg, 57), Son (Kulusevski, 58), Jonson, Verner.
Ogohlantirishlar: van de Ven (27), Bissuma (47), Romero (56), Meddison (61).
Izoh (0)