Yevrokomissiya Kiyevning barcha zarur shartlarni bajarganini baholagandan so‘ng, aprel oyida Ukrainaga 1,5 milliard yevro to‘laydi.
Bu haqda Yevrokomissiya tomonidan e’lon qilingan bayonotda aytiladi.
Bu pul 2027-yil oxirigacha 50 milliard yevrolik byudjet yordam dasturi doirasida ikkinchi transh shaklida o‘tkaziladi.
“1,5 milliard yevro miqdoridagi ikkinchi transh Kiyev kelishilgan shartlarni bajargani ijobiy baholanganidan keyin aprel oyida to‘lanishi rejalashtirilgan”, — deyiladi bayonotda.
Mart oyida Yevropa komissiyasi o‘q-dorilar ishlab chiqarish uchun Yevropa mudofaa sanoatiga 500 million yevro ajratishi ma’lum qilingandi.
Izoh (0)