Super yarim o‘rta vazn toifasida professional bokschi Qudratillo Abduqahhorov (20-2-0) Amerika Qo‘shma SHtatlariga jo‘nab ketdi.
Charm qo‘lqop ustasi okean ortida o‘zining navbatdagi jangi uchun aka-uka Diaslar jamoasi bilan birgalikda tayyorgarlik ko‘radi. Avvalroq Qudratillo yangi promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagandi. Qudratilloning yangi menejeri Luis Kiki Magana — DAZN, Top Rank kabi ko‘plab mashhur kompaniyalar bilan birga ishlagan.
Ma’lumot uchun, Abduqahhorov so‘nggi jangini o‘tgan yilning 17-noyabr kuni Toshkentdagi “Humo Arena”da tanzaniyalik Maono Alliga qarshi o‘tkazgandi. O‘shanda 8 raund etib belgilangan jang ikkinchi raundda yakunlangan, Qudratillo raqibini nokaut orqali mag‘lub etgan edi.
Bu Abduqahhorov uchun ikkita ketma-ket mag‘lubiyatdan keyin qo‘lga kiritilgan g‘alaba bo‘lgandi. Qudratillo hisobidagi g‘alabalar soni 20 tani (12 nokaut) tashkil etmoqda.
Izoh (0)