Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) mart oyi yakunlariga ko‘ra yangilangan reytingni e’lon qildi.
Do‘stmatov o‘z vazn toifasida birinchi o‘ringa ko‘tarildi, Xolmatov esa 3 pog‘ona pastladi. Madrimov esa mart oyida chempionlikni rasmiylashtirdi.
Mart oyida yangilangan reyting quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Hasanboy Do‘stmatov — (minimal vazn) 1-o‘rin (o‘tgan oyda 2-o‘rin;)
- Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) — o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;
- Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn) — 10-o‘rin
- Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) — 4-o‘rin (u o‘tgan oyda 1-o‘rinda edi;)
- Botir Ahmedov (super yengil vazn) — 7-o‘rin (o‘tgan oy ham 7-o‘rinda edi);
- Shahram G‘iyosov (yarimo‘rta vazn) — o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;
- Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) — vazn chempioni;
- Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) — 5-o‘rin (o‘tgan oy ham 5-o‘rinda edi).
Izoh (0)