“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp Londonning “Arsenal” jamoasiga qarshi o‘yinda “Manchester Yunayted”ni qo‘llab-quvvatlashi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
![](/static/2024/04/08/photo_2024-04-08_08-49-13-CV67AWoe.jpg)
“Ehtimol, qilarman. Agar biz hali ham chempionlik uchun kurashayotgan bo‘lsak, “Manchester Yunayted”ning g‘alabasi ajoyib bo'lardi. Ammo “Arsenal” yaxshi jamoa. Agar “Manchester Yunayted” bizga qarshi o‘ynagandek o‘ynasa, “Arsenal” g'alaba qozonadi. Bunga 100% ishonchim komil”, — deya Klopp so‘zlarini keltirgan jurnalist Saymon Stoun ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
7-aprel kuni Angliya Premyer Ligasining 32-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda “Manchester Yunayted” va “Liverpul” klublari to‘qnash kelishdi. O‘yin Manchesterdagi “Old Trafford” stadionida bo‘lib o”tdi va durang bilan yakunlandi.
Angliya chempionatining 31-turidan so‘ng “Manchester Yunayted” 49 ochko jamg‘arib, oltinchi o‘rinda bormoqda. O‘z navbatida, xuddi shunday sondagi o‘yinlardan so‘ng, “Liverpul” 71 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.