Bosh murabbiy Yurgen Klopp klubdagi to‘qqiz yillik faoliyatini shu yozda yakunlamoqchiligi haqidagi xabar ortidan “Liverpul”ning yetakchi futbolchilari ham klubni tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar paydo bo‘la boshladi.
Van Deyk, Muhammad Saloh, shuningdek, Trent Aleksandr-Arnoldning shartnomasi 2024-yilda tugaydi, ammo, Makallisterning ta’kidlashicha, murabbiyning ketishi klubning mavqeiga soya solmaydi.
“Yurgen Klopp jamoadan ketishini e’lon qilgach, turli mish-mishlar avj oldi. Ammo “Liverpul” hali ham katta kuchga ega.
4 musobaqada ham g‘olib chiqish imkoni bo‘lib turganda, futbolchilar jamoani tark etishi mumkinligiga ishonmayman. Chunki hozirda juda ham kam jamoa “Liverpul”dan ustun”, — deydi Gari Makallister.
Eslatib o‘tamiz “Liverpul” keyingi uchrashuvini Premyer Liga doirasida “Brentford”ga qarshi o‘tkazadi.
Izoh (0)