Shu yilning iyun oyi o‘rtasidan boshlab Nyu-Yorkdagi Manxettenga kiruvchi avtomobillardan tirbandlikni kamaytirish maqsadida 15 dollar yig‘im olinadi, deb xabar berdi Axios.
Shahar mutasaddilarining fikricha, bu jamoat transportini rivojlantirish va yo‘llarni ta’mirlash uchun yiliga bir milliard dollarga yaqin mablag‘ ajratish imkonini beradi.
Yuk mashinalari va avtobuslar tashish hajmi va maqsadiga qarab, 24 dollardan 36 dollargacha to‘lashlari kerak bo‘ladi.
Nyu-York rasmiylarining fikricha, bu chora-tadbirlar natijasida Manxettenga har kuni avvalgidan 100 ming kam mashina kiradi. Shahar aholisining kamida 60 foizi bu qarorni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Izoh (0)