Yevropa Chempionlar Ligasining 9-aprel, seshanba kungi o‘yinlariga hakamlar tayinlandi.

“Arsenal” va “Bavariya” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni Glen Nyuberg boshchiligidagi shvetsiyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi. VAR tizimida Pol van Boekel va Dennis Higler (ikkisi ham Niderlandiya) ishlaydi.
“Real” — “Manchester Siti” uchrashuvi fransiyalik Fransua Leteskyega ishonib topshirildi. Videotakrorlarda unga hamyurtlari Jerome Brisard va Uilli Delajo yordam beradi.
Ikki o‘yin Toshkent vaqti bilan 10-aprelga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.
Izoh (0)