• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Futbol

    Belgilanmagan penalti va qizil kartochka — Ekspert-hakamlar komissiyasi bahsli holatlarni tahlil qildi

    Joriy yilning 31-mart kuni O‘zbekiston Superligasi 2024-yilgi mavsumi 4-turi o‘z nihoyasiga yetdi.

    Foto: “UZFHM”

    O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tur yakunlangach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qildi. 4-tur doirasida o‘tkazilgan 7 o‘yinda jami 10 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi: quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin.

    1-vaziyat: “Dinamo” – “Metallurg” uchrashuvi, penalti.

    Turning ochilish bahsi 69-daqiqasida “Dinamo” futbolchisi A. Hojimirzayevning raqib jarima maydonchasi ichida darvoza tomon yo‘llagan zarbasidan so‘ng, to‘p mehmonlar futbolchisi A. Toshqo‘ziyevning qo‘liga tegib, maydonni tark etgan. Bosh hakam Aziz Asimov dastlab o‘yinni davom ettirishga ruxsat bergan, so‘ngra VAR vaziyatga aralashib, Asimovni monitor yoniga chaqirgan. Takrorlarni ko‘rib chiqqach, hakam 11 metrli nuqtaga ishora qilib, A. Toshqo‘ziyevga 2-sariq kartochka ko‘rsatgan.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: “Metallurg” futbolchisining qo‘li darvozaga ketayotgan to‘p yo‘lini o‘zgartirgan. VAR vaziyatga aralashib, to‘g‘ri qilgan hamda penalti to‘g‘ri belgilangan. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri, deb topilgan.

    2-vaziyat: “Dinamo” – “Metallurg”: ehtimoliy penalti.

    Uchrashuvning 65-daqiqasida “Metallurg” jarima maydonchasi ichida mehmonlarning 5-raqamli futbolchisi hamda “Dinamo” a’zosi A. Hojimirzayev o‘rtasida kontakt sodir bo‘lib, hujumchi yiqilgan. Bosh hakam bu vaziyatda qoidabuzarlik yo‘q, deb topib, erkin zarba belgilagan. VAR hakamlari ham hakamning qarorini tasdiqlagan.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda “Metallurg” futbolchisi raqibini oyog‘idan chalgan. Bosh hakam penalti belgilashi kerak edi. Hakamlar jamoasining qarori noto‘g‘ri, deb topildi.

    3-vaziyat: “OKMK” – “Bunyodkor” bahsi, ehtimoliy qizil kartochka.

    Olmaliqdagi bahsning 8-daqiqasida “Bunyodkor”ning 8-raqamli futbolchisi F. Sirjak mezbonlarning 10-raqamli a’zosi X. G‘iyosovga nisbatan qo‘pol o‘yin sodir etib, tirsagi bilan uning yuziga tekkan. Bosh hakam Akobirxo‘ja Shukurullayev bu harakat uchun “Bunyodkor” a’zosiga sariq kartochka ko‘rsatgan.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bosh hakam “Bunyodkor” futbolchisiga ehtiyotsiz harakat uchun sariq kartochka ko‘rsatib, to‘g‘ri qilgan. Hakamning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

    4-vaziyat: “OKMK” – “Bunyodkor”: ehtimoliy fol.

    O‘yinning 90+3-daqiqasida mehmonlar burchakdan to‘pni o‘yinga kiritib bergach, to‘p “Bunyodkor” a’zosi M. Mirahmadovdan maydon tashqarisiga chiqib ketgan. Shu vaziyatda “OKMK”ning 15-raqamli a’zosi O. Rustamov hamda “Bunyodkor”ning 7-raqamli futbolchisi S. Izzatov bir-biri bilan kontaktga kirishib, ikkisi ham jarima maydonchasi ichida yiqilgan. Bosh hakam o‘yinni davom ettirishga ruxsat bergan.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu holatda VAR vaziyatga aralashmay, to‘g‘ri qilgan. Kontakt va qoidabuzarlikni qayd etish uchun kadrlar yetarli emas. O‘yinni davom ettirish kerak edi. Hakamning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

    5-vaziyat: “Andijon” – “Nasaf” bahsi, ehtimoliy penalti.

    Vodiydagi ushbu uchrashuvning 90+2-daqiqasida “Nasaf”ning 70-raqamli a’zosi J. Jigauri raqib jarima maydonchasi ichida “Andijon”ning 28-raqamli himoyachisi I. Mamatkazin bilan to‘qnashib, yiqilgan. Vaziyatni yaqin pozitsiyadan kuzatib turgan bosh hakam o‘yinni davom ettirish kerakligiga ishora qilgan.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Hujumchi bu holatda o‘zi kontaktga kirishgan va penalti ishlashga harakat qilgan. Hakam vaziyatni yaxshi pozitsiyadan kuzatib turgani bois buni darhol ilg‘agan va o‘yinni davom ettirgan. Hakamning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

    6-vaziyat: “Paxtakor” – “So‘g‘diyona” uchrashuvi, penalti.

    Toshkentdagi bahsning 54-daqiqasida “So‘g‘diyona”ning 14-raqamli hujumchisi L. Doriyev raqib jarima maydonchasi ichida “Paxtakor”ning 22-raqamli a’zosi U. Adhamzoda tomonidan qo’pollik bilan to‘xtatib qolingan. VAR hakamlari bosh hakam Shavkat Nasibullayevni monitor oldiga chaqirgach, hakam 11 metrlik jarima zarbasi belgilagan.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi hujumchining oyog‘iga zarba bergan. O‘zFHM tomonidan ikki darvoza ortiga qo‘yilgan kameralar bu safar ham muvaffaqiyatli ish berdi: ulardagi kadrlarda oyoqqa berilgan zarba yaqqol ko‘ringan. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri, deb topildi.

    7-vaziyat: “Navbahor” – “Surxon” o‘yini, penalti.

    Ushbu uchrashuvning 90+3-daqiqasida mezbonlarning 9-raqamli a’zosi O. Hamrobekov raqib jarima maydonchasi ichida qo’pollik namoyish etib, yiqitildi. Bosh hakam Sultonmurod Abdurahmonov 11 metrli nuqtaga ishora qilib, penalti belgilagan. VAR ham bosh hakamning qarorini tasdiqlagan.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Takroriy lavhalarda ham qo’pollik aniq ko‘ringan. Penalti belgilanishi kerak edi. Hakamlar jamoasining qarori to‘g‘ri, deb topildi.

    8-vaziyat: “Olimpik” – “Neftchi” uchrashuvi, ehtimoliy qizil kartochka.

    Ushbu bahs taqdirini hal qilgan gol 90+2-daqiqada urilgach, gol nishonlash jarayonida “Neftchi”ning 20-raqamli futbolchisi A. G‘ofurov “Olimpik”ning 15-raqamli a’zosi M. Bazarovning oyog‘iag zarba berib, agressivlik namoyish etgan. VAR hakamlari bosh hakam Ilgiz Tantashevni monitor oldiga chaqirib, bu vaziyatni qayta ko‘rib chiqishini so‘ragan. Bosh hakam takrorlarni ko‘rib chiqqach, sariq kartochka bilan kifoyalanishga qaror qilgan.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi sportchiga xos bo‘lmagan xatti-harakat namoyish etib, raqibini oyog‘idan chalgan. Bu qizil kartochkaga tortadigan holat. Hakam “Neftchi” futbolchisini maydondan chetlatishi kerak edi. Hakamlar jamoasining qarori noto‘g‘ri, deb topildi.

    9-vaziyat: “Olimpik” – “Neftchi”: ehtimoliy penalti.

    Shu uchrashuvning 90+12-daqiqasida “Neftchi”ning 8-raqamli futbolchisi K. Karp raqib jarima maydonchasi ichida mezbonlarning 17-raqamli a’zosi J. Sodiqov bilan to‘qnashib, yiqilgan. Bosh hakam buni dastlab to‘p uchun tabiiy kurash sifatida baholab, o‘yinni davom ettirishga ruxsat bergan. So‘ngra, VAR bu vaziyatni tekshirib, hakamning qarorini tasdiqlagan.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Yuqoridagi vaziyatlar singari bu yerda ham hujumchi himoyachi bilan o‘zi kontaktga kirishgan. Fol yo‘q, o‘yin to‘g‘ri davom ettirilgan. Bosh hakamning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

    10-vaziyat: “Olimpik” – “Neftchi”: fol, ehtimoliy penalti.

    Bahsning 61-daqiqasida “Olimpik” jamoasi burchakdan to‘pni o‘yinga kiritib bergach, to‘p jarima maydonchasidan uzoqlashtirilgan. Shu jarayonda “Olimpik”ning 23-raqamli a’zosi A. Bo‘riyev hamda mehmonlarning 99-raqamli futbolchisi N. Effiong bir-biri bilan kontaktga kirishib, qo‘l bilan qo‘pol o‘yin sodir etgan. Bosh hakam ikkala futbolchining qo‘polligi uchun fol qayd etgan va “Neftchi” futbolchisining keyingi harakatlari uchun unga sariq kartochka ko‘rsatgan. Shundan so‘ng, VAR hakamlari bosh hakam Ilgiz Tantashevni ehtimoliy penaltini tekshirish uchun monitor yoniga chaqirgan. Hakam takrorlarni ko‘rib chiqqach, penalti yo‘q, degan qarorga kelgan va sariq kartochkani ham bekor qilgan.

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda penalti yo‘q, ikkala futbolchi to‘p uchun tabiiy kurashgan. Biroq, “Neftchi” futbolchisining keyingi harakatlari sportchiga xos bo‘lmagani bois, sariq kartochka bekor qilinmasligi kerak edi. Hakamning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

    02.04.2024, 16:18   Izoh (0)   3869
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Superliga-2024. 3-tur bahsli vaziyatlari yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi e’lon qilindi

    19.03.2024, 11:02

    Superliganing 4-tur o‘yinlari boshlanish vaqti va unda ishlaydigan hakamlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi 

    27.03.2024, 13:28

    O‘zbekistonlik hakamlar U-23 Osiyo Kubogida ishlaydi 

    27.03.2024, 17:18

    Zidan Fransiya termasini boshqarish niyatida

    02.04.2024, 14:34

    Midori Honda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi murabbiyligidan ketdi

    02.04.2024, 14:18

    “Bunyodkor” Rivaldo va Denilson ishida bir necha yillik kelishuvga erishdi

    02.04.2024, 13:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.