Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 29-turida “Real” “Osasuna” ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda dubl muallifiga aylangan madridliklar futbolchisi Vinisius Junior mavsumdagi 5-sarid kartochkani oldi va avtomatik ravishda bitta o‘yinga chetlatildi.
44-daqiqada Vini ketma-ket 4-o‘yinida 4-sariq kartochkasini oldi.
Birinchi bo‘lim yakunlanganini bildiruvchi hakam hushtagidan so‘ng braziliyalik futbolchi kamera qarshisiga borib: “Har bir o‘yinda hakamlar menga kartochka ko‘rsatmoqda, har bir o‘yinda!”, — deya gapirgan.
Jamoadoshi Braim Dias esa Vinisiusni chetroqqa olib, qarshilik bildirish kerak emasligini tushuntirgan.
“Qaymoqranglilar” Ispaniya chempionatida ortda qolgan 29 turdan so‘ng 72 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Izoh (0)