Angliyaning “Liverpul” klubi “Real”ning urugvaylik yarim himoyachisi Federiko Valverde uchun 150 million yevro to‘lashga tayyor, deya xabar bermoqda Madrid Universal X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida El Debate nashriga tayanib.

Biroq manbaning xabariga ko‘ra, futbolchi Madrid klubini tark etishni istamayapti, “Real” esa Urugvay terma jamoasi futbolchisini sotish haqida o‘ylamayapti.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli Valverde 2016-yildan buyon “Real”da o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi “Los Blankos” tarkibida barcha turnirlarni qo‘shib hisoblaganda 42 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi klubi bilan shartnomasi 2029-yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Transfermarkt internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 100 million yevroni tashkil qiladi.
Izoh (0)