“Chelsi” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yindagi (4:3) g‘alabani hissiyotlarga to‘lib nishonlagani haqida gapirdi.
Londonliklar “qizil iblislar”ga qarshi bahsda 100-daqiqagacha 2:3 hisobida mag‘lub bo‘layotgan va undan so‘ng 2 daqiqa ichida 2 ta gol urib, g‘alabani ilib ketgandi.
“Maydonda 11 kishi o‘ynayaptimi, to‘pni olishi va gol urishga harakat qilishi lozim.
Men o‘yinga diqqatimni qaratishim uchun sabrli, xotirjam bo‘lishim kerak. O‘yin oxirida esa o‘zimni ushlay olmadim. Albatta, bu sirk emas, men esa masxaraboz emasman. Bizda Yevropadagi eng yosh jamoalardan biri shakllanyapti.
Masxaraboz emasman, bosh murabbiyman. Agar kimgadir masxaraboz kerak bo‘lsa, izlab topsin”, — deydi Pochettino.
“Chelsi” APLda ortda qolgan 29 o‘yindan so‘ng 43 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda. Pochettino shogirdlarining keyingi o‘yini 7-aprel kuni “Sheffild”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)