Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida Sergeli tuman sudi sudyasining sudyalik vakolatlari to‘xtatildi. Bu haqda kengash matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yig‘ilish doirasida bosh prokurorning Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi sudyasi Sh.A.ni Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik), 28/211-moddalarining (pora berish) tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilingan.
Yakunda kengash xulosasi bilan Sh.A.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik bildirilgan va uning sudyalik vakolati to‘xtatilgan.
Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi, — deyiladi xabarda.
Bir necha kun oldin Chiroqchi tumani sudyasi jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. U Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Izoh (0)