Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Davlat rahbari so‘zining avvalida murakkab va tahlikali zamonda yashayotganimiz, Yaqin Sharqdagi va asosiy hamkorlarimiz o‘rtasidagi mojarolar yechim topmayotganini, shu jumladan, Moskva viloyatidagi mudhish terakt oqibatida xalqaro vaziyat yanada jiddiy tus olayotganini qayd etdi.
Bunday murakkab sharoitda iqtisodiyotimizga, aholi daromadlariga salbiy taʼsirni kamaytirish eng muhim vazifalardan biri ekani taʼkidlandi. Buning uchun mahallaning iqtisodiy zaminini mustahkamlash, odamlar daromadini ko‘paytirish uchun mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish zarurligi qayd etildi, — deyiladi xabarda.
Kuni kecha Shavkat Mirziyoyevga migratsiyani tartibga solish va mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar taqdimot qilingandi. Unda Mehnat migratsiyasidan qaytganlarni ishga olgan korxonaga har bir xodim uchun bir yil davomida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan oyiga 500 ming so‘m subsidiya berilishi aytilgan edi.
Izoh (0)