Bugun Sudyalar oliy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, unda bosh prokurorning fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi A.B.ni Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilingan.
Yakunda kengash xulosasi bilan A.B.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berildi va uning sudyalik vakolati to‘xtatildi.
“Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)