Isroilda avtomashina halokati oqibatida to‘rt nafar politsiyachi tan jarohati oldi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.
Isroilning KAN jamoatchilik teleradiokompaniyasining maʼlum qilishicha, hodisa Kochav Yair shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Yaralangan politsiyachilardan biri hozir og‘ir ahvolda.
Xabarga ko‘ra, boshqa avtomashina bilan to‘qnashib ketgan haydovchi mashinasidan tushib, atrofdagi odamlarni pichoqlamoqchi bo‘lgan. Hududga tezda Isroil kuchlari yetib kelib, jinoyatchini otib o‘ldirgan.
Hodisa Isroilning G‘azoga qarshi davom etayotgan urushi va ishg‘ol qilingan G‘arbiy Sohil bo‘ylab keskinlik kuchaygan bir paytga yuzaga keldi. Rasmiylar terakt ishtirokchisining G‘arbiy Sohil bilan aloqadorligini tekshirmoqda.
Isroil politsiyasi voqea yuzasidan tergov davom etayotganini aytgan.
Izoh (0)