“Barselona” yarim himoyachisi Pedri Chempionlar Ligasi finalida qaysi jamoalarni ko‘rishni istayotganini aytib o‘tdi.

Menga qolsa, “Barselona” va “Manchester Siti”ni finalda ko‘rishni xohlardim. “Barselona” va “Real” juftligi ham finalga xos bo‘lardi.
Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish mumkinmi? Biz — “Barselona”! Bu juda qiyin bo‘ladi, lekin uddalash imkonsiz bo‘lgan ish emas.
Pedri, “Barselona” futbolchisi
“Barselona” YCHL chorak finalida “PSJ”ga qarshi bahs olib boradi. Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 10-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. “Manchester Siti” esa yarim final yo‘llanmasi uchun “Real”ga qarshi o‘ynaydi. Ular o‘rtasidagi o‘yin esa 17-aprel kuni bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)