Germaniyaning Transfermarkt portali JCH—2022 musobaqasida mundialdagi debyutini o‘tkazishi kutilayotgan eng qimmat futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ro‘yxatni Braziliya terma jamoasining 22 yoshli hujumchisi Vinisius Junior boshqarib bormoqda. Keyingi o‘rinlardan Pedri (Ispaniya) va Jud Bellinghem (Angliya) joy olgan.
Quyida Jahon Chempionatida debyut qiladigan eng qimmat 10 futbolchi keltirilgan:- Vinisius Junior (Braziliya) — 120 million yevro
- Pedri (Ispaniya) — 90 mln yevro
- Jud Bellinghem (Angliya) — 90 mln yevro
- Fil Foden (Angliya) — 90 mln yevro
- Dushan Vlahovich (Serbiya) — 85 mln yevro
- Jamal Musiala (Germaniya) — 80 mln yevro
- Orelyen Tchuameni (Fransiya) — 80 mln yevro
- Federiko Valverde (Urugvay) — 80 mln yevro
- Antoni (Braziliya) — 75 mln yevro
- Rafael Leau (Portugaliya) — 70 mln yevro
Avvalroq Transfermarkt Qatar mundialini o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar ro‘yxatini e’lon qilgandi.
Izoh (0)