Daryo

Zidan Fransiya termasini boshqarish niyatida

Fransiyalik murabbiy 2021-yilning yozidan beri ishsiz qolmoqda

1 daqiqa o‘qish4 934 ko‘rishlar0 izoh0

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarishni orzu qiladi.

Foto: Getty Images

Mutaxassisni murabbiylikka qaytishga faqat shu narsa undashi mumkin. Zidan klublarning barcha takliflarini, jumladan, “PSJ” taklifini ham rad etdi.

Ta’kidlanishicha, fransuz murabbiy Ispaniyada o‘z hayotini yo‘lga qo‘ygan va bu mamlakatni tark etishni istamaydi. Fransiya terma jamoasida ishlash unga Madridda yashashda davom etish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, 51 yoshli fransiyalik mutaxassis 2021-yilning yozidan beri ishsiz qolmoqda. “Real Madrid” klubini tark etgach, murabbiy boshqa klublar taklifini ko‘rib chiqmadi.

Bo‘lajak Yevropa chempionati Zidanning murabbiylik kelajagi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar Fransiya terma jamoasi Yevro—2024 musobaqasida yaxshi natijaga erishmasa, Didye Desham bilan 2026-yilning yoziga qadar amalda bo‘lgan shartnoma muddatidan avval bekor qilinishi mumkin.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar