Otabek Qazoqov Buxoro viloyatining Kogon tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tumanga 2020-yilning fevralidan rahbarlik qilib kelgan Muhiddin Esanov sog‘ligi yomonlashgani sababli lavozimidan ozod etilgan. Qayd etish joiz, Muhiddin Esonov 2011—2016-yillarda Buxoro viloyatiga hokimlik qilgan. Viloyat hokimligidan olingach, ma’lum muddat Buxoro tumaniga ham rahbarlik qilgan.
Otabek Qazoqov tayinlovga qadar “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direktori lavozimida ishlab kelgan.
Izoh (0)