Musurmonqul Hotamov 13-mart kuni Sirdaryo tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar u Boyovut tumani “Ijodkor” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Musurmonqul Hotamov 1986-yili Xovos tumanida tug‘ilgan. 2010-yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida Boyovut tumani, Shirin shahri va Oqoltin tumanida soliq organlarida turli lavozimlarda ham ishlagan.
Izoh (0)