Farg‘ona shahrida tilanchilik qilgan ikki yigit 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Qayd qilinishicha, asli buxorolik bo‘lgan ikki yigit sog‘lom bo‘lsa-da, dorixonadan nogironlik aravachasi xarid qilib, biri aravachada, biri unga hamrohlik qilib jamoatchilik joylarida navbati bilan tilanchilik qilgan.
Holat hududda xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimlarining eʼtiborini tortgan va ularga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi yigitlarning har biriga Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188-3 moddasi (tilanchilik qilish) 1-qismi bilan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlagan.
Avvalroq Toshkentning Uchtepa tumanidagi masjidlar atrofi va chorrahalarda o‘tkazilgan reyd davomida tilanchilik bilan shug‘ullanib yurgan 26 nafar ayol aniqlangan edi.
Izoh (0)