Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 1-aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 7,96 so‘mga oshib, 12 628,05 so‘m bo‘ldi. Yevro 17,42 so‘mga ko‘tarilib, 13 616,83 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,31 so‘mga tushib, 136,42 so‘mni tashkil etdi.
Dollar kursi 27-mart kuni ilk bor 12 600 so‘mdan oshgandi. 28-mart kuni yana ko‘tarilib, 12 620,09 so‘m bo‘ldi.
Izoh (0)