Xorazm viloyatining Urganch tumanida 3,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Urganch tumanida faoliyat yurituvchi “M.” fermer xo‘jaligi rahbari A.E. fermer xo‘jaligi binosida 11 ta isitish qozonlarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 3,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)