Isroil harbiylari 26-mart kuni okkupatsiya qilingan G‘arbiy Sohil hududida reyd o‘tkazib, 30 nafar falastinlikni hibsga olgan. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, reyd chog‘ida tinch aholiga qarata o‘q uzish yuz bergan. Aholi orasida halok bo‘lganlar haqida hozircha maʼlumot yo‘q.
Manbada keltirilishicha, asosan Ramalloh shimolidagi Jalazon lagerida, shuningdek, Xevron, Tulkarim, Nablus, Jenin va Tubas hududlarida aholi hibsga olingan.
Bir qator arab nashrlari G‘arbiy Sohilda 7-oktyabrdan beri hibsga olingan falastinliklarning umumiy sonini 7800 nafar atrofida deb taxmin qilmoqda. Isroil rasmiylari noqonuniy hibsga olishlar haqida munosabat bildirmagan.
Izoh (0)