Rossiyadagi prezidentlik saylovining oxirgi kunida (17-mart) prezidentlik saylovi va namoyishlar chog‘ida 70 dan ortiq odam hibsga olindi. Bu haqda “OVD-Info” xabar berdi.
Moskva vaqti bilan 17 ta shaharda 75 dan ortiq kishi hibsga olingan. Politsiya bo‘limida qo‘lga olinganlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkin. Eng ko‘p hibsga olish holatlari Qozon (28 kishi) va Moskvada (19 kishi) kuzatilgan.
Rossiyada prezidentlik saylovlarida ovoz berishning so‘nggi kunida muxolifat “Putinga qarshi” aksiyasini taklif qildi. Bu 17-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da saylov uchastkalariga borib, amaldagi prezidentga qarshi ovoz berish yoki saylovni byulletenlarini buzishdan iborat.
Mavzuga doir: Rossiyada prezidentlik saylovi boshlandi. Putinga 3 kishi raqiblik qilmoqda
Ovoz berishning so‘nggi kuni butun dunyo bo‘ylab muxolifatning “Putinga qarshi” aksiyalari bo‘lib o‘tmoqda va Rossiyadagi saylovchilar o‘zlarining vafot etgan qarindoshlarini ovoz beruvchilar ro‘yxatidan topmoqda.
Muxolifat a’zolari butun dunyo bo‘ylab to‘planib, bir vaqtning o‘zida Putinga qarshi ovoz berishmoqda. Moskva prokuraturasi bunday harakatlar uchun 5 yillik qamoq jazosi bilan tahdid qilgan.
Izoh (0)