“Barselona” bosh murabbiyi Xaviga “Chelsi” va “Nyukasl” qiziqish bildirmoqda.
U avvalroq joriy mavsum oxirida Kataloniya klubini tark etishini e’lon qilgan edi. Bu haqda HITC xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, “Chelsi” va “Nyukasl” rahbariyati vakillari ispan afsonasining muxlisi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi”ning amaldagi bosh murabbiyi argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettino hisoblanadi. Angliya chempionatining 27-turidan so‘ng London klubi 39 ochko jamg‘arib, 11-o‘rinda bormoqda.
“Nyukasl” bosh murabbiyi — Eddi Xau. U klub bilan Angliya Premyer-ligasining 28-turidan so‘ng klub 40 ochko jamg‘arib, 10-o‘rinda bormoqda.
Xavi yanvar oyi oxirida “Barselona”ni tark etish qarorini e’lon qilib, klubga yangi rivojlanish strategiyasi kerakligini aytgan edi.
Izoh (0)