Italiya A Seriyasi yoki Ispaniya La Ligasida turk jamoasi paydo bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Superliganing 30-tur uchrashuvining so‘nggi daqiqasidagi o‘yin tugashi haqidagi hakamning hushtagi yangraganidan so‘ng, “Fenerbahche” futbolchilari maydon markazida g‘alabani nishonladi, bu esa mezbon muxlislarni xursand qilmadi va ular maydonga ommaviy yugurib kirishdi. Shundan so‘ng, mehmon futbolchilar va muxlislar ishtirokida mushtlashuv bo‘lib o‘tgan edi.
18-mart kuni Turkiya ichki ishlar vazirligi 12 nafar muxlis qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
2-aprel kuni “Fenerbahche” klubi direktorlar kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, unda Turkiya Superligasidan chiqib ketish masalasi ham ko‘rib chiqiladi.
BPT xabariga ko‘ra, rahbariyat Belgiya, Ispaniya, Italiya, Niderlandiya va Fransiya chempionatlariga o‘tish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.
Turkiya chempionati turnir jadvalida “Fenerbahche” 79 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)