Statistika agentligi O‘zbekistonning 2024-yil yanvar–fevral oylaridagi gaz eksport va importi bo‘yicha maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, ikki oy davomida respublika tomonidan 26,7 million dollarlik gaz eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davridagidan ancha yuqori, yaʼni 2023-yilning dastabki ikki oyida 7,4 million dollarlik gaz eksporti amalga oshirilgan.
Agentlik maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston yanvar–fevral oylarida 166,7 million dollarlik gaz import qildi. O‘tgan yilning mos davrida esa bu ko‘rsatkich 1,7 million dollarni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, respublikada gaz qazib olish hajmi sezilarli qisqarmoqda. Xususan, 2023-yilda mamlakatda so‘ngi yetti yil ichidagi eng kam — 46,7 mlrd metr kub gaz qazib olindi.
Izoh (0)