Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov bugun, 24-mart kuni Xitoyning Soho Holding korporatsiyasi vitse-prezidenti Tomas Ding boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, uchrashuvda tomonlar ko‘p tarmoqli hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha bir qator masalalarda kelishib olingan.
Jumladan, yirik miqdordagi mosh va no‘xat eksporti bo‘yicha shartnoma imzolanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilishi bilan mahsulotlarning dastlabki partiyasini (10 ta konteyner) aprel oyida Xitoyga eksport qilishga erishilgan.
Shuningdek, kelgusida tovuq oyog‘i va mol oshqozonini eksport qilish, ipakchilik va pilla yetishtirish yo‘nalishida ham hamkorlik qilish yuzasidan muzokaralar olib borilgan.
Izoh (0)