• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Toshkentga qaytib borsam, oilam bag‘rida norin va patir yesam, o‘zimni chindan baxtli hisoblayman” – oftalmolog Shohista Saidqosimova

    Glazgo Botanika bog‘i o‘rtasidagi oranjereyaning gumbazsimon oynavand tomlari-yu devorlari, quyoshli osmonning aksi bilan tovlan­moqda. Shunday tongni yoqtiradigan Shohista Saidqosimova ushbu shaharda 20 yildan oshiq vaqtdan beri ko‘z kasalliklari bo‘yicha konsultant, vitreoretinal jarroh bo‘lib ishlaydi. 2023-yilning navbatdagi yozgi kunini Vest-Enddagi uyidan kutib olarkan, u uchun atrofdagi jamiki holatlar tabiiy. Ilk bor kelganidan farqli, mashinalarning harakati telba-teskari ko‘rinmaydi, mahalliy ham­shiralar muolajalar paytida glazgocha so‘zlashuv lahjasidan odatiy inglizchaga tarjimonlik qilishi shart emas, barchasi tanish, yoqimli va qadrdon.

    Ammo Glazgo “ona shahar” emas. “Uyga, Toshkentga qaytib borsam, oilam, yaqinlarim bilan vaqt o‘tkazsam, norin va patir non yesam, o‘zimni chindan baxtli hisoblayman”, – deydi u. “Mening hozirgi darajaga erishishimga buvim va buvam, ota-onam, qarindoshlarim bilan o‘tgan bolaligim tagzamin bo‘ldi. Kattalarga ehtirom, kamtarlik, qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘chilik qadriyatlari menda o‘sha davrdan boshlab shakl­langan. Shu bilan birga oilamizda mustaqil shaxs bo‘lish qoralanmas, aksincha, rag‘batlantirilar edi. Yana menda kitobga bo‘lgan mehr ham tarbi­yalangan edi. Uyimizda katta kutubxona bo‘lar, men u yerda soatlab mumtoz adabiyotning go‘zal olamiga sho‘ng‘ib ketardim…”

    Qahramonimiz Glazgo yaqinidagi adirliklar­da hordiq chiqarishni yaxshi ko‘radi. Ehtimol, bu bepoyon do‘ngalaklar-u o‘rmonzorlar unga bolalikda tog‘larga chiqishganini, tomorqa-yu ko‘chalarda o‘ynab, sarguzasht izlab yurganini eslatar. Ehtimol, ular hayot tashvishlaridan yuqoriroq turish, xayolan o‘zi ulg‘aygan hovliga, shanba-yakshanba kunlari ularnikiga buvi-bu­valarini ko‘rgani bir quchoq jiyanlari kelgani kabi quvonch onlariga qaytish imkonini berar.

    Bolaligida musiqiy maktabga qatnab, skripka va pianino saboqlarini olgan Shohista Said­qosimova uchun musiqa, tabiat qo‘ynida vaqt o‘tkazishdan tashqari, yana bir ko‘tarinkilik manbayidir. “Garchi cholg‘u asboblarida mashq qilmay qo‘ygan bo‘lsam-da, musiqa men uchun juda muhim”, – deydi u.

    Mumtoz adabiyot kabi musiqa ham professional qiziqish emas, har tomonlama rivojlangan shaxs bo‘lish sari qo‘yilgan qadam edi xolos. Shifokorlar oilasida o‘sgan qahramonimiz oq xalat kiygan mutaxassis bo‘lishga qachon qaror qilganini ham eslolmaydi: “Shunchaki, esimni tanibmanki, shifokor bo‘lishimni aniq bilardim…”

    Vest-end – Glazgoning eng gavjum burchagi. Kun yorishgan sari Glazgo universiteti kampusidan bor go‘zalligi bilan tomosha qilsa bo‘ladigan bu tuman ajib ko‘rk sochmoqda. Garri Potter filmidagi bilim yurti bino va hovlilarini eslatib yuboradigan ushbu maskanda, ko‘zni quvontiradigan eksponatlar o‘rin olgan Hante­rian sanʼat gallereyasidan tortib o‘nlab boshqa o‘quv binolarida talaba va olimlar g‘ala­g‘ovurlari boshlanmoqda. Top Doctors nashri taʼbiri bilan aytganda, tajribali shifokor, Qirollik oftalmologi­ya kolleji imtihonlari nazoratchisi, Britaniyadagi yangi avlod ko‘z shifokorlarini tayyorlashda qatnashayotgan doktor, sohasi bo‘yicha turkum nufuzli jurnallarda ilmiy maqolalar chiqarayotgan professional Ms Shohista Saidkasimova tibbiyot maktabida yangi avlod oftalmologlariga saboq berish missiyasi bilan band.

    “Men neyrojarroh yoki kardioxirurg bo‘lishni orzu qilardim, ammo talabalik paytimda amaliyot xonasida kuygan tana hididan hushimni yo‘qotgach, “umumiy amaliyotlar men uchun emas ekan” degan xulosaga kelganman. Oftal­mologiya esa shafqatliroq variantdek tuyuldi: ko‘z operatsiyasi xonalarida musiqa sadolari yangrar, shifokorlar muloyim va halovatliroq edilar. Ko‘z jarrohligining o‘ziga jalb qilgan jihati yana shunda ediki, unda har bir mikroskopik harakat hayotni o‘zgartirib yuboradigan yuqori taʼsirga ega”.

    Toshkentdagi tibbiyot bilim yurtida o‘qigan paytlari Fyodorov ko‘z jarrohligi jurnalini varaqlab, o‘ta murakkab protsedura hisoblangan diabetik delaminatsiya suratlarini ko‘radi-yu, qahramonimiz darhol tushunib yetadi: “Kelajakda aynan shunday amaliyotlar bilan shug‘ullanishni xohladim”.

    Institut yillarini u yoshligi, kursdosh do‘stlar orttirishi bilan eslaydi. O‘zining murakkab ixtisoslikka kirishini qo‘llagan kafedra mudiri Alisher Xudoyberdiyev, katarakta jarrohligi bo‘yicha ustozi Feruza O‘rmonova, motiva­tor dekani Murat Xojibekov, xorijiy tibbiyot adabiyotlari to‘garagini yuritgan farmakologiya o‘qituvchisi Karim Yafasovlarning xizmatlari uchun minnatdorlik tuyadi.

    Xorijdan “ToshMI”ga qiziqish katta bo‘lgani, chet eldan doktorlar kelib maʼruzalar berganini aytarkan, Shohista Saidqosimova o‘sha mehmon ustozlarni tushunish va ular bilan muloqot qila olish uchun ingliz tilini o‘rganganini taʼkidlaydi…

    Ist-End tumani, Glazgoning sharqiy qismida no­ chor, ishsizlik va nogironlik nafaqalari olib yashaydigan odamlar ko‘p topiladi. Qahramonimiz Shotlandiyaga endi kelganida tuman shifoxonasiga chaqirilgan kunni hech yodidan chiqarolmaydi: “Maosh to‘lanadigan juma kunining oqshomi, ichkilikbozlik va ko‘cha janjali avjiga chiqqan kun edi. Hukumat giyohvandlikka ruju qo‘ygan aholiga metadon opioid dorisidan yozib berishga majbur bo‘lganini ko‘rib hayratlanganman”.

    Glazgoda umidsiz odamlar ko‘p. Bunga sabab – butun dunyo bo‘ylab ko‘p joylarda bo‘lgani kabi – bir nechta av­lod ishsizlik va iqtisodiy imkoniyatlardan mahrum bo‘lib yashayotganida edi. Boz ustiga glazgoliklar yuqoridagi ijtimoiy muammolardan tashqari, qish mavsumida kun­ larning qisqaligi, muntazam sovuq va bulutli ob-havodan qiynalishadi.

    2000-yilda bu shaharga kelgan toshkentlik shifokor ayolni turli shoklar, yangi joyga moslashish mashaqqatlari, O‘zbekiston quyoshli iqlimini qo‘msash kabi qiyinchi­liklarni yengib o‘tishiga uning “ilhom va quvonch man­ bayi” bo‘lgan o‘g‘li, mehribon va do‘stona hamkasblari, xushfeʼl qo‘shnilar yordam berdi.

    Yosh mutaxassis bo‘lgani o‘sha yillarda O‘zbekistonda mavjud bo‘lmagan vitreoretinal jarrohlik sohasini egal­lashga bo‘lgan ishtiyoq va ehtiyoj edi. Yana Britaniyaning ilm-fan markazi sifatidagi obro‘si, qolaversa, nufuzli OR­BIS tashkiloti taklifi tufayli qahramonimiz go‘zal tog‘lar va ko‘llar mamlakatiga ko‘chib kelgan. Ham Londonda, ham Britaniyaning boshqa shaharlarida joylashgan nufuzli taʼlim va tibbiyot dargohlarida tajriba to‘plagan, ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullangan.

    Xayndland ko‘chasi muyulishida joylash­ gan Jelly Hill kafesi kunbotarga yaqin xo‘randalarni kun sho‘rvasi, delikatesli sendvichlar, maxsus Jelly Hill qahvasi-yu shotlandiyaliklarning irissimon shirinligi “tablet” bilan o‘ziga chorlaydi. Shohista Saidqosimova hali mahalliy glazgoliklar, hali osiyoliklar, hali boshqa turfa millat vakillari o‘z tillari yoki turli ko‘yga solingan inglizchada gap sotib o‘tib ketayotgan piyodalar yo‘liga yondosh kafe hovlichasida o‘tiribdi. Sevimli shirchoyini ho‘plarkan, u taqdiriga yozilgan sinovlar haqida o‘ylaydi: “Katta, keskin qarorlarni qabul qilish doim qiyin, hayotimda bunday qarorlar bir talay bo‘lgan. Ingliz tilida imtihon topshirish, farzandimni begona mamlakatda katta qilish… Har ishda bir xayr bor. Qiyinchiliklar insonni toblaydi, uni kuchliroq qiladi”.

    Qahramonimiz chindan ham katta yo‘lni bosib o‘tganini, uning nafaqat boobro‘, yuqori qadrlanadigan ishi, bemor va hamkasblarning eʼtiroflari, balki xalqaro anjumanlarda uni o‘z tajribasi, amaliyotdan keyin sog‘liqni tiklash jarayonini tezlashtirish va operatsiyalarda shikastlanish xavfini kamaytirish bo‘yicha nutqlar qilish uchun taklif qilishlarida ham ko‘rish mumkin.

    “Men o‘z ishimni sevaman. Odamlar uchun eng aziz neʼmat bo‘lgan ko‘z nurini tiklash bilan shug‘ullanayotganim uchun o‘zimni omad­li sanayman. Doim o‘z ustimizda ishlashimiz yaxshi samaralar bermoqda, bizning natijalarimiz mamlakat bo‘ylab qayd etiladigan o‘rtacha ko‘rsatkichlardan yuqori ekanidan faxrlanaman”. U 25 yillik ish tajribasi davomida 10 mingdan ortiq amaliyot o‘tkazgan va ularga rahbarlik qilgan.

    O‘z kasbiga, shifokorlik burchiga mu­habbati hikoyamiz qahramonin­ing turli mamlakatlarda ko‘ngilli sifatida ishlashidan ham maʼlum. “Sharoiti og‘irlarga ko‘maklashish va yangi joylarni o‘zim uchun kashf etishni sevaman. Demak, ko‘ngilli bo‘lib sayohat qilish orqali bir o‘q bi­lan ikkita quyonni urish mumkin. O‘z taʼtillarimizdan voz kechib, yordamimizga muhtoj jamiyatlarga uchib boramiz. Bu ishlarning mevasi, mukofoti qanchalik yoqimli ekanini so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi. Efi­yopiyadagi bolajonlar quvonchi bo‘ladimi, Myanma dalalarida ishlagan keksa musulmon dehqon yoki Quddusdagi momo yuziga yugurgan tabassum-u Reyhanlida bomba parchalaridan jarohatlangan suriyalik unsiz bolakay ko‘z yoshlarimi… Bularning barchasi yuragimda abadiy qoladi”.

    Undan tashqari, u xorijda ishlayotgan o‘zbekistonlik shifokorlar hamda chet ellik mutaxassislar ishtirokida YouTube tarmog‘ida o‘zbek tilida ko‘z salomatligiga oid turkum videolar qo‘yib borishga ahd qilgan.

    Darvoqe, O‘zbekistondan chiqqan shifokorlar haqi­ da: “Ehtimol, ular biz o‘ylaganimizdan ham ko‘proq. Men AQSh, Avstraliya, Isroil va Afrika mamlakat­ larida ularning bir qanchasini taniyman. Sobiq Sovet mamlakatlarida ham ular anchagina. Jahonda dominantlik qilayotgan ingliz tilini yaxshi o‘rganish va eng so‘nggi izlanishlarni o‘qib borish xalqaro toifada­gi shifokor bo‘lishga qo‘yilgan ilk qadam bo‘ladi. Yana yoshlar yaxshi ustoz topib, tajriba orttirishlari zarur. O‘zbekistondagi barcha sohalarda bunday imkoniyat bo‘lmasligi mumkin, ammo aʼlo darajadagi tibbiyot markazlari yo‘q emas. Keyingi qadam chet davlatlarda grant va xalqaro tibbiyot jamiyatlari aʼzolik dasturlari­ga hujjat topshirish bo‘ladi”.

    Bu maqola avvalroq Uzbekistanʼs club jurnalida chop etilgandi.

    24.03.2024, 20:53   Izoh (0)   61237
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Uzbekistanʼs club

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Uzbekistan’s club nomli yangi jurnalning ilk soni taqdim etildi

    19.10.2023, 16:24

    Uzbekistan’s club jurnalining yangi sonida 20 nafar progressiv o‘zbekistonliklarning ro‘yxati e’lon qilindi

    19.10.2023, 16:55

    Uzbekistanʼs Club martdan Amerika mavsumini boshladi

    01.03.2024, 18:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.