• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 3,5 mlrd dollarga yetkaziladi

    Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida bo‘lib, sohadagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    18-yanvar kuni eksport va sanoat masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida meva-sabzavotchilik sohasidagi chora-tadbirlar ham belgilangan edi. Xususan, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga eksportbop mahsulotlar ekilishini tashkillashtirish hamda yangi salohiyatli bozorlar topish bo‘yicha vazifa qo‘yilgandi. Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, taqdimotda shu borada qilinayotgan ishlar va rejalar haqida axborot berildi.

    Loyihalardan biri “Agroko‘makchi” mobil ilovasi bo‘lib, unda o‘simliklar himoyasi, bu sohadagi xizmatlar, foydali ma’lumotlar, eksport bo‘yicha maslahatlar bilan tanishish mumkin. Asiaexport.se platformasi esa O‘zbekistondagi eksportchilar bilan chet eldagi xaridorlarni o‘zaro bog‘laydi. Unda nafaqat meva-sabzavotlar va quritilgan mevalar, balki sharbatlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qandolatchilik, to‘qimachilik, charmdo‘zlik va farmatsevtika mahsulotlari kabi keng turdagi tovarlar haqida ma’lumotlar joylashtiriladi.

    Agentlikning xalqaro ePhyto solution innovatsion tizimi doirasidagi hamkorligi haqida ham axborot berildi. Bu tizim orqali 119 ta mamlakat bilan fitosanitar sertifikatlar elektron shaklda almashilmoqda. Joriy yilda yana 8 ta davlatga 25 turdagi mahsulot bo‘yicha fitosanitar ruxsatnoma olinadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu kabi chora-tadbirlar natijasida bu yil qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini 3,5 milliard dollarga yetkazish mo‘ljallangan. 2023-yilda qishloq xo‘jaligi sohasidagi eksport qariyb 2 milliard dollarni tashkil etgandi. Davlat rahbari buning uchun, avvalo, eksportbop mahsulotlarni ko‘paytirish, fermer va dehqonlarning xabardorligini oshirish zarurligini ta’kidladi.

    “Bu sohada huquqiy zamin bor, ko‘p davlatlar bilan kelishuvlarga erishganmiz. Lekin eksportchilar mahsulotini qiyinchilik bilan sotyapti. Shuning uchun eksportchilar bilan doimiy “muloqot maydoni”ni tashkil etish kerak. Hokimlar hududda yetishtirilayotgan mahsulotlar, elchilar tashqi bozordagi talab va narxlar bilan eksportchilarni tanishtirib borishi zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Prezident meva-sabzavotlarni qadoqlash masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

    “Qadoqlar xalqaro standartlarga mos, zamonaviy dizaynda, sanoatlashgan tarzda bo‘lishi kerak. O‘shanda sifat bo‘ladi, milliy brend yaratiladi, qo‘shilgan qiymat ham baland bo‘ladi. Shuning uchun eksportchilarga to‘g‘ri, tartibli va chiroyli qadoqlashni o‘rgatish kerak”, — dedi davlat rahbari.

    Mahsulotlar yaroqsiz bo‘lib qolmasligi, eksportga sifatsiz mahsulot qo‘shilib ketmasligi uchun tizimli ishlash muhimligi aytildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezidentning ta’kidlashicha, bu borada ham klaster tizimi bo‘lishi kerak. Ta’limdan boshlab, mahsulotlarni ekish, o‘g‘itlash, terib olib, saralashgacha bo‘lgan hamma bosqichlarni o‘zaro muvofiq va yuqori sifatda yo‘lga qo‘yish zarur. 

    Vazirlar Mahkamasiga ushbu tizimni takomillashtirish va eksportni rejali tashkil etish uchun 3 yillik dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali eksport hajmlari nisbatan qimmat bozorlarga yo‘naltirish muhimligi aytildi.

    Davlat rahbari agentlikning zamonaviy laboratoriyasi bilan tanishdi. Laboratoriyaning ilmiy salohiyatini oshirish, jahondagi ilmiy yutuqlarni o‘zlashtirib, sohaga tegishli idoralarda tezkor tatbiq etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shu yerda agrokimyo tizimida qo‘llanayotgan texnika va uskunalar ham namoyish qilindi.

    Qayd etilishicha, chet eldan yuqori samarali entomofaglar olib kelinib, zararkunanda hasharotlarga qarshi yangi turda kurash yo‘lga qo‘yilgan. Tajribali ekspertlarni jalb etgan holda har bir mahsulotni yetishtirish, saqlash, qadoqlash va yetkazib berish bo‘yicha qo‘llanmalar ishlab chiqilgan. 10 ta ko‘chma laboratoriya tashkil etilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bu yil hududlarda 10 ta ko‘chma laboratoriya tashkil qilinadi. 6 mingta bog‘, 3 mingdan ziyod tokzor va dala maydonlari, 344 ta qadoqlash korxonasi xorijiy fitosanitariya talablariga muvofiqlashtiriladi. Pestitsidlar muomalasidagi barcha jarayonlar raqamlashtirilib, sifatsiz pestitsidlarning O‘zbekistonga olib kelinishi va noqonuniy savdosiga barham beriladi.

    Prezident tizimdagi mutaxassislar malakasini oshirish, har bir fermer va tomorqa egalariga yetib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    18.03.2024, 15:27   Izoh (0)   8992
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonga chetdan karrasiga qimmat narxda kirayotgan uskunalar bo‘yicha nazorat tizimi yo‘lga qo‘yiladi

    18.01.2024, 12:54

    2024-yilda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

    12.02.2024, 15:39

    O‘zbekistonda yanvar oyidagi eksport hajmi o‘tgan yildagi ko‘rsatkichdan 47,1 foizga pasaydi

    21.02.2024, 13:25

    O‘zbekistonda Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etildi. Nimalar belgilandi?

    15.03.2024, 13:33

    “Maktab o‘quvchilari teatrga olib ketilayotgan bo‘lgan”. Buxoroda sodir bo‘lgan YTH haqida 

    18.03.2024, 13:53

    Buxoroda yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi. Qurbon bor

    18.03.2024, 13:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Mask bilan nizo tufayli uning biznesini barbod qilmasligini bildirdi

    Dunyo | 24 iyul, 23:44

    Qator xorijiy yetakchilar va hamkorlar Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 22:57

    O‘zbekistonda qaysi qonunlar eng ko‘p o‘qilayotgani maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 22:36

    Germaniyada 332 ta inshootdan iborat qadimiy shahar topildi

    Dunyo | 24 iyul, 22:10

    Oleksandr Usikning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi

    Sport | 24 iyul, 22:00

    AQSH Vengriyaga 350 yil avval o‘g‘irlangan qo‘lyozmani qaytarib berdi

    Dunyo | 24 iyul, 21:55

    Tabrizda 75 kunlik suv zaxirasi qolgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 24 iyul, 21:40

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    O‘zbekiston | 24 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.