Germaniyada tug‘ilish darajasi 2009-yildan beri eng past darajaga tushdi. Bu haqda Aholi dinamikasi federal instituti press-relizida aytilgan.
“Oxirgi ikki yilda Germaniyada tug‘ilish sezilarli darajada kamaydi. 2021-yilda har bir ayolga 1,57 bola to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2023-yilning kuzida taxminan 1,36 bolaga tushdi. Bu tug‘ilish koeffitsiyenti so‘nggi 10 yilga nisbatan pastroq ekanligini anglatadi”, — deyiladi xabarda.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda tug‘ilish darajasi 2009-yildan beri eng past darajaga tushdi.
Mutaxassislar sabab sifatida zamonaviy inqirozlarni, jumladan, pandemiyadan tashqari, Ukrainadagi mojaro, inflyatsiyaning o‘sishi va iqlim o‘zgarishini ko‘rsatmoqda.
Avvalroq 2024-yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonda 137 457 nafar tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgani xabar qilingan bo‘lib, bu 2023-yilning mos davridan 2,6 foiz kamligi aytilgandi.
Izoh (0)