O‘zbekiston prezidentining Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga yozgan maktubi topshirildi, deb xabar bermoqda UzReport Saudiya Arabistoni matbuot agentligiga tayanib.
Maʼlum qilinishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga maktub yo‘lladi. Maktubda ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar haqida so‘z boradi.
Maktubni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahrom Aʼloyev Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Valid Al-Xurayjiyga topshirdi.
Izoh (0)