18-mart kuni Isroil havo kuchlari Livandagi “Hizbulloh” guruhining istehkomlarini o‘qqa tutgan. Bu haqda BBC nashri arab manbalariga asoslanib, xabar berdi.
Isroil mudofaa kuchlari 17-mart tunida al-Shifo kasalxonasiga reyd uyushtirish bilan birga, Livan janubidagi “Hizbulloh”ning faol nuqtalariga ham zarbalar berganini maʼlum qilgan. Hujum oqibatida “Hizbulloh” yo‘qotishlari ko‘lami oshkor qilinmagan.
Xabarda aytilishicha, hujumlar asosan Ramya hududidagi harbiy obyektlar atrofida amalga oshirilgan. Raqib tomonning kuzatuv postlari va navbatchilik qismlari ishdan chiqarilgan.
Isroil tomoni maʼlum qilishicha, 17-mart kuni Tel-Aviv kuchlari Naqoura shahrida ham “Hizbulloh”ning mudofaa inshootlariga zarbalar bergan. Hujumlar oqibatida 10 ga yaqin fuqaro halok bo‘lgan.
Arab nashrlari Isroilning Livanga so‘nggi hujumi borasidagi xabarlarni hali tasdiqlamagan.
Izoh (0)