Rossiya maxsus xizmatlari Berdyanskda prezidentlikka nomzod Vladimir Putinning ishonchli vakiliga suiqasdning oldini oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Ukrainalik terrorchilar terakt tayyorlayotgan edi, lekin hech narsa sodir bo‘lmadi. Ularning jinoiy rejalari Rossiya maxsus xizmatlarining professional harakatlari bilan barbod bo‘ldi”, — deya da’vo qildi Jamoat palatasining “yangi hududlarni” integratsiyalashuvi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash hamraisi Vladimir Rogov.
Ta’kidlanishicha, hujumni tayyorlashda ishtirok etganlarning barchasi qidirilmoqda. Bir kun oldin operativ xizmatlar Berdyanskda portlovchi qurilma ishga tushgani haqida xabar bergan edi, biroq qurbonlar yo‘q.
Rossiyaning “yangi hududlari”da prezidentlik saylovlarida ovoz berish birinchi marta o‘tkazilmoqda. Moskva vaqti bilan soat 12:00 holatiga ko‘ra, Zaporojye viloyatida saylovchilarning ishtiroki 80 foizdan oshgan, deydi “RIA Novosti”
Izoh (0)