• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi yettita muammo sanab o‘tildi

    Prezident qarori loyihasi bilan O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiya ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgandi. Unda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi mavjud muammolar keltirib o‘tildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Hujjatda qayd etilishicha, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish holatini o‘rganish natijalari, shuningdek, “Korrupsiyasiz soha”, “Korrupsiyasiz hudud” loyihalari, davlat dasturlarini amalga oshirish natijalari bo‘yicha xulosalar hamda BMT Konvensiyasi tavsiyalari korrupsiyaga qarshi kurashning samarali tizimini shakllantirish uchun bu boradagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish va davom ettirish zarurligini ko‘rsatmoqda.

    Birinchidan, normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi siyosat hujjatlarini ishlab chiqish, qonunchilik va huquqni muhofaza qilish sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etishning huquqiy va tashkiliy mexanizmlari aniq belgilanmagan.

    Davlat organlari, sohalar va hududlar kesimida korrupsiya darajasini baholash va korrupsiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini monitoring qilish tizimi yaratilmagan.

    Ikkinchidan, davlat boshqaruvi sohasida korrupsiya xavfining oldini olishga, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashga va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat xizmati to‘g‘risidagi qonun normalarini ta’minlashning aniq mexanizmlari va chora-tadbirlari ishlab chiqilmagan.

    Davlat organlari mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xorijda hisob raqamlar ochishni taqiqlashning huquqiy asoslari yaratilmagan.

    Uchinchidan, byudjet tashkilotlarida nazoratni masofaviy tarzda raqamli texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish, shu jumladan pul mablag‘lari va moddiy boyliklarni talon-toroj qilish, kamomadlarga yo‘l qo‘yish, xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallarini tuzish, tasdiqlash hamda ijro etish tartibini buzish holatlarini chuqur tahlil qilish va ularni sodir etishning shart-sharoitlarini bartaraf qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilmagan.

    To‘rtinchidan, raqobat usullarini chetlab o‘tgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat xaridlarini amalga oshirish, shartnomalarni g‘aznachilik organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazmaslik, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yish hamda affillanganlik holatlari davlat xaridlari sohasida qonun buzilishi holatlarining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

    Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzilganligi bo‘yicha 2021-yilda 147 ta, 2022-yilda 662 ta va 2023-yil 6 oyida 729 ta ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan.

    Beshinchidan, aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy bilimini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha tizimli yondashuv mavjud emas.

    Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari, ilmiy doiralar o‘rtasida samarali hamkorlik mexanizmlari ishlab chiqilmagan, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tadqiqotlar darajasi va sifatini oshirish, tadqiqot natijalari amaliyotga tatbiq etish yuzasidan aniq maqsadli chora-tadbirlar ishlab chiqilmagan.

    Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning tegishli darajada bajarilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazorati yetarli darajada tashkil etilmagan.

    Oltinchidan, tadbirkorlik sohasida korrupsiya xavfining oldini olish jarayonlarini kuchaytirish, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlari to‘g‘risida xabardorlikni oshirish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha davlat organlari va biznes sektori o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlashning samarali mexanizmlari ishlab chiqilmagan.

    Yettinchidan, axborot texnologiyalaridan korrupsiyaga qarshi kurashishda samarali vosita sifatida qo‘llash va ulardan foydalanishda tizimli va kompleks yondashuvni ta’minlash ishlari yetarli darajada tashkil etilmagan.

    Ta’kidlanishicha, mazkur muammolarni hal qilish maqsadida O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiyasini amalga oshirish alohida ahamiyat kasb etadi.

    Ushbu qaror loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi 27-martgacha davom etadi.

    17.03.2024, 16:25   Izoh (0)   9165
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Eng yomoni — jamiyat ko‘radigan ma’naviy zarar”. Shavkat Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi milliy strategiya ishlab chiqilishini aytdi

    19.12.2023, 15:52

    O‘zbekiston Korrupsiyani qabul qilish indeksida 5 pog‘onaga yuqoriladi

    30.01.2024, 13:02

    O‘zbekistonda korrupsiyani oldini olish choralarini ko‘rmagan mansabdorlar javobgarlikka tortilishi kutilmoqda

    13.03.2024, 10:26

    Namanganda ichimlik suvi narxi aholi uchun 40 foiz, yuridik shaxslarga 2 baravardan ko‘pga qimmatladi

    17.03.2024, 15:25

    Samarqandda 13 yashar bola Damas’da kishanlangani sababi ma’lum qilindi

    17.03.2024, 14:50

    O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025—2026-yillarga rejalashtirilmoqda 

    17.03.2024, 14:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qoraqalpog‘iston rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18

    Putin samolyotini AQSHning qiruvchi samolyotlari himoya qiladi

    Dunyo | 15 avgust, 21:56

    Dehlidagi Humoyun maqbarasi yaqinidagi binoning tomi qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 15 avgust, 21:27

    O‘zbekistonda ayrim shaxslar uchun chet elga chiqishga qo‘yiladigan taqiq kuchaytiriladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 21:05

    Quyoshda katta teshik paydo bo‘la boshladi

    Dunyo | 15 avgust, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.